20 ming gektar yaylov yoshlarga taqsimlanadi

    Mamlakatimizda 17 Dekabr 2021 1174

    Normat Tursunov murojaatnomasida 2022-2026-yillarda viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan eng muhim vazifalarga ham toʻxtalib oʻtmoqda.

    Hokimga koʻra, kelgusi 5 yilda viloyatda quyidagi vazifalar ham amalga oshiriladi:

    ▪️toʻqimachilik sanoatida 290 mln dollar boʻlgan 120 ta yirik loyiha ishga tushirilib, 27 mingta ish oʻrni tashkil etiladi. Qiziltepa, Navbahor va Xatirchida 55 mln dollarlik toʻqimachilik korxonalari ishga tushirilib, mato va tayyor kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqariladi;

    ▪️elektrotexnika sanoatida 192 mln dollar boʻlgan 19 ta loyiha amalga oshiriladi va 1,5 mingta ish oʻrni yaratiladi;

    ▪️charm-poyabzal sanoatida 110 mln dollarlik 68 ta loyiha doirasida 13 mingta yangi ish oʻrni tashkil etiladi;

    ▪️charm-poyabzal sanoati uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida choʻl hududlardagi 20 ming gektar yaylov yoshlarga taqsimlanadi va zarur suv quduqlari qazib beriladi.