Shahrisabz va Qarshi shahrida Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari ish yurituvdagi hujjatlar ijrosi boʻyicha tamaki, dori-darmon, parfyumeriya, alkagol va ularni tayyorlash uskunalarini ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yoʻq qilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyat Favqulotda vaziyatlar, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Sanitariya epidemiologik va jamoat salomatligi boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilot vakillari ham ishtirok etdi.
Oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 36 turdagi qiymati 100 mln soʻmdan ortiq saqlash muddati oʻtgan va qalbakilashtirilgan dori vositalari, 393 quti pirotexnika vositalari, 3 767 quti tamaki mahsulotlari va parfyumeriya vositalari hamda salkam 500 mln soʻmlik qoʻlbola usulda tayyorlangan 20 mingdan ziyod alkagol mahsulotlari va ularni tayyorlash uskunalari tegishli tartibda yoʻq qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009-yildagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi 200-son qaroriga muvofiq, mamlakat hududiga aylanma yoʻllar orqali kirib kelgan noqonuniy, tegishli hujjati va ruxsati boʻlmagan, aksiz markasiz, sifatsiz, qalbaki va saqlash muddati oʻtgan tovar-moddiy boyliklarini majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi belgilangan.
Mazkur tadbir esa ushbu Qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir davomida mahsulotlari maxsus texnikalar koʻmagida yanchildi, yoqildi, suvga boʻktirildi va yakunda butunlay yaroqsiz holga kelgach, koʻmib yuborildi.