Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Videoxabarda aytilishicha, “Jalolquduq Aviatrans” MCHJda norasmiy turagent vazifasini bajarib kelgan 41 yoshli ayol 19 547 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy Umra tadbirini tashkil etgan. MCHJ tomonidan 2024–2025-yillar davomida fuqarolardan 22 million 846 ming 590 dollar naqd pullar olingan..
Bunda davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan jami zarar 1 milliard 819 million soʻmdan ortiq, soliq va boshqa yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik holati boʻyicha esa 15 milliard 363 million soʻmdan ortiq mablagʻ hisoblangan.
Tashkilot tomonidan Saudiya Arabistoniga yuborilib, ogʻir ahvolda hech qanday sharoitlarsiz qolib ketgan jami 534 nafar fuqaro maxsus reyslar orqali mamlakatga olib kelingan.
Holat yuzasidan 14 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 13 kishi qoʻlga olindi.