Joylardagi boshqaruv kompaniyalarining faoliyati koʻp hollarda qoniqarsizligi, 20 mingta koʻp qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi ekani qayd etildi.

Boshqaruv kompaniyalari va shirkatlarning qaytarilmagan krediti va debitor qarzdorligi bilan bogʻliq muammolar mavjud.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga boshqaruv kompaniyalari faoliyatini sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish topshirildi.

Umuman, elektr, gaz, suv, issiqlik, chiqindi, “kvartplata”, soliq toʻlovlari boʻyicha xonadonning yagona billing hisob-raqamini joriy qilish vaqti kelgani qayd etilib, xorijiy tajriba asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirildi.