20-noyabr – Butunjahon bola kuni

    Voqea-hodisalar 20 Noyabr 2020 3274

    BMT 1954-yilgi rezolyutsiyasida barcha mamlakatlarga 20-noyabrni Butunjahon bola kuni sifatida nishonlashni tavsiya etgan.

    Shuningdek, 20-noyabr sanasida 1959-yilda “Bola huquqlari haqidagi Deklaratsiya”, 1989-yilda “Bola huquqlari toʻgʻrisida Konvensiya” qabul qilingan.

    Bayram bolalar farovonligini oshirishga, dunyo miqyosida bolalar manfaatlari yoʻlida BMT tomonidan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirishga qaratilgan.

    Joriy yilda ushbu sana munosabati bilan Oʻzbekiston shaharlaridagi tarixiy va zamonaviy obyektlar koʻk rangda yoritiladi. Bundan maqsad – jamoatchilik eʼtiborini bola huquqlari masalasiga qaratishdir.