20 noyabr kuni Butunjahon bolalar kuni nishonlanadi

    Samarqand, Buxoro va Xivaning tarixiy va zamonaviy majmualari ham ko‘k rangda — birdamlik va hamjihatlik rangida, xalqaro aktsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

    20 noyabr kuni Butunjahon bolalar kuni nishonlanadi

    Ushbu sana 1954 yilda BMT tomonidan e'lon qilingan va yosh avlodning farovon hayotini ta'minlash uchun dunyo hamjamiyati e'tiborini jalb qilishga qaratilgan.

    Ushbu aktsiyaga O‘zbekiston ham qo‘shiladi. 19 va 20 noyabr kunlari soat 18:00dan boshlab “Xalqlar do‘stligi” va “Turkiston” saroylari, “Poytaxt” biznes markazi, simpoziumlar saroyi, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik teatri, O‘zbekiston tarixi muzeyi, Milliy stadion, Hamid Olimjon maydonidagi 16 qavatli uylar, aeroport, shuningdek boshqa madaniy diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, sport tashkilotlari ko‘k rangda tovlanadi.

    Samarqand, Buxoro va Xivaning tarixiy va zamonaviy majmualari ham ko‘k rangda — birdamlik va hamjihatlik rangida, xalqaro aktsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.