Ma'lum bo'lishicha, o'q bemor CH.S.ning o'ng elkasidan kirib, ko'krak qafasi o'ng tomonidan o'tib borib, o'ng o'pkaning yuqori bo'lagini teshib o'tib, yurakning perikard qavatida to'xtagan. Murakkab tarzda kechgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanib, o'q olib tashlandi. Ayni paytda bemorning ahvoli qoniqarli.

Operatsiyani filialning malakali shifokorlari Olim SHomurodov, SHerbek YAxshiboev hamda O'ral SHaminov amalga oshirishdi. 

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2020 yil 6 iyun` kuni soat 21 atrofida YAkkabog' tumanida yashovchi fuqaro Q.S o'rtoqlari bilan birga YAkkabog' tumanida joylashgan fermer xo'jaligining baliq etishtiriladigan ko'liga borib, u erda pnevmatik miltiqdan ko'ldagi o'rdaklarni ovlash maqsadida o'q uzgan. So'ngra spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda 50 metr uzoqlikdagi ko'l bo'yida joylashgan dala shiyponi oldida turgan, unga oldindan tanish bo'lmagan fuqaro CH.S.ni miltiq durbinidan kuzatmoqchi bo'lib, tepkini bosib yuborgan. Oqibatda miltiq o'qi fuqaro CH.S.ning o'ng elkasiga borib tekkan va unga hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir shikast etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan YAkkabog' tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Q.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.