Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Yu.O. boshqaruvidagi “Sprinter” rusumli yuk avtotransport vositasi toʻxtatilib uning yukxonasi oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan va maxsus markirovka bilan markirovkalanmagan umumiy qiymati 200 million soʻmlik 98 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.