24 iyun` kuni Samarqand tuman IIBga Afg'oniston Respublikasi fuqarosi 46 yoshli S.S. ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 20 aprel` kuni Afg'oniston Respublikasida tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan sherigiga tegishli 19 tonna 580 kg. qayta ishlangan jami bahosi 293.700.000 so'mlik mayiz mahsulotini saqlash uchun tanishi Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli U.N. bilan birgalikda 44 yoshli X.SH., ga tegishli muzlatgichga olib borib qo'yganligini, U.N. esa ushbu mayiz mahsulotini uning ruxsatsiz sotib yuborganligini ma'lum qilgan.   

Holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati