“Dunyo” AAning qayd etishicha, hujjat Vladimir Galpirin va Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida tasdiqlandi.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston “Hunarmand” uyushmasi mamlakatimizning 200 mingdan ziyod xususiy tadbirkorlarini oʻz atrofida birlashtiradi.
Uchrashuv natijasida Latviyadagi Oʻzbekiston savdo uyi vakillari joriy yil noyabr oyiga belgilangan Oʻzbekiston-Latviya biznes kengashi yigʻilishiga, shuningdek, 2022-yilga rejalashtirilgan boshqa tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif etildi. Oʻzbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdor latviyalik hunarmandlar endi “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda turli koʻrgazmalarda ishtirok etishi mumkin boʻladi.