Oʻzbekistonlik harbiylar qoʻshma oʻquv mashgʻulotida ishtirok etish uchun Tojikistonga keldi

    Harbiy 2 Avgust 2021 1627

    200 nafar atrofidagi Oʻzbekistonlik harbiylar Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston qurolli kuchlari boʻlinmalarining qoʻshma oʻquv mashgʻulotida qatnashish uchun Harb-Maydoni poligoniga keldi.

    Tojikiston Respublikasi hududidagi Harb-Maydoni poligonida harbiy oʻquv mashgʻulotlari 5-avgustdan 10-avgustgacha davom etadi.

    Texnikadagi boʻlinmalar Termizdagi poligondan 200 kilometr masofani bosib oʻtib marshni amalga oshirdilar. Mashgʻulot hududiga yetib kelgach, harbiylar qoʻmondonlik punktlari oʻrnatdilar hamda oʻt ochish pozitsiyalarini jihozlashga tushib ketdilar. Oʻquv mashgʻulotiga Oʻzbekistondan 20ta harbiy texnika jalb etilgan.

    Mashgʻulotning asosiy bosqichida uch tomon harbiylari chegarani kesib oʻtgan noqonuniy qurolli tuzilmalarni yoʻq qilish boʻyicha taktik harakatlarni mashq qiladilar, deb xabar beradi Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.