20.000 AQSH dollari evaziga “Haj vizasi” qilib berishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi

    Xavfsizlik 2 Iyun 2023 1272

    Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari 2023-yilning 31-may kuni fuqaro “Yu.A.” ning arizasida keltirilgan vajlarni tekshirib koʻrish maqsadida, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan “E.R”  MCHJ ofisida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

    Tadbirda, “E.R” MCHJ rahbari “X.M.” va jamiyat menedjeri “B.Ch.” bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro “A.M.”ning ishonchiga kirib, uni aldab, unga va onasiga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 20.000 AQSH dollari evaziga “Haj” ziyoratini amalga oshirish uchun “Haj vizasi” qilib berishni vaʼda qilib, shundan 4.000 AQSH dollarini olgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan fuqarolar “Ya.X.” va “M.B.” va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.