“Bu 60-yillardan beri doimiy ravishda oshib bormoqda. Taxminan 2005-yildan beri okean isishi ikki baravar oshdi”, dedi okeanograf Karina fon Shukmann tashkilot hisobotini taqdim etar ekan. Uning ma'lumotlariga ko'ra, suv 0,58 vt/kv. m. dan 1,05 vt/kv.gacha qizigan.
Iqlim o'zgarishi bo'yicha hukumatlararo guruhi ma'lumotlariga ko'ra, 1970-yildan beri okeanlar “iqlim tizimining ortiqcha issiqligining 90 foizdan ortig'ini” yutdi. Issiqlik, shuningdek, dengiz issiqlik to'lqinlarining kuchayishi bilan birga keladi. Olimlarning ta'kidlashicha, 2023-yilda dunyo okeanining 22 foizga yaqini kamida bitta qattiq issiqlik to'lqinini boshdan kechirdi. Issiqlik to'lqinlari uzoqroq bo'lib, o'rtacha maksimal davomiylik 2008-yildan beri ikki baravar ko'paydi, 20 kundan 40 kungacha.
Okeanologlarning ta'kidlashicha, okeanlarning isishi yanada kuchli va halokatli bo'ronlarlarning yuzaga kelishiga olib keladi, deb xabar beradi tass.ru.