2017-2020-yillarda 6215 nafar harbiy xizmatchi uy-joy bilan taʼminlandi

    Harbiy 16 Fevral 2021 4671

    Bu haqda AOKAda Mudofaa vazirligi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi:

    «2017-yil 31-martdagi PQ-2858-son, 2018-yil 23-oktyabrdagi PQ-3350-son, 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3480-son va 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son Prezident qarorlari bilan tegishli dasturlar qabul qilinishi natijasida 2017-2020-yillar davomida ushbu dasturlar doirasida qurilgan uylar hisobiga 6215 nafar harbiy xizmatchi, harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolari zamonaviy va shinam turar-joylar bilan taʼminlandi.

    2017-yilgacha boʻlgan davr mobaynida Vazirlik tizimida turar-joy taʼminoti koʻrsatkichi yiliga 450 tadan oshmagan boʻlib, yuqorida qayd qilingan davlat dasturlari asosida Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida qurilishi amalga oshirilgan turar-joylar hisobiga yiliga oʻrtacha 1500 dan ortiq Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uy-joy bilan taʼminlanib kelmoqda.

    2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga asosan, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga 5 foizlik davlat granti asosida qabul kvotasi ajratildi».