2017-yildan buyon 326 mingta yangi uy-joy foydalanishga topshirildi

    Hukumat 5 Aprel 2023 2301

    Prezident raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

    So‘nggi olti yilda mamlakatimiz aholisi 5,5 million nafarga o‘sgani, hademay 40 millionga yetishi qayd etilib, 2017-yildan buyon 326 mingta yangi uy-joy foydalanishga topshirilgani ta’kidlandi.

    Bu davrda uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi aholi jon boshiga 18 foizga oshdi.

    Oxirgi uch yilda 210 ming oilaga 33 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi, ehtiyojmand 73 ming oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari uchun 1,3 trillion so‘m subsidiya berildi.

    Sohaga bozor tamoyillari joriy qilinib, yuzlab xususiy buyurtmachi kompaniyalar shakllandi. Seysmik xavfsiz va energiya tejamkor yig‘ma temir-betonli ko‘p qavatli uylarni qurish bo‘yicha 11 ta yirik klaster paydo bo‘ldi.