2020 yil sug'urta kompaniyalari uchun eng yomon yil bo'lishi bashorat qilinmoqda

    Voqea-hodisalar 18 May 2020 5739

    Dunyodagi eng yirik sug'urta kompaniyasi "Lloyd’s of London” taxminiga ko'ra, koronavirus pandemiyasi sabab dunyo sug'urta sohasi 203 mlrd AQSH dollari yo'qotishi mumkin. Natijada 2020 yil sug'urtalovchilar uchun tarixdagi eng yomon yillardan biriga aylanadi, deb yozdi “Interfax.ru”.

    Pandemiya sharoitida kompaniyalar 3 mlrd dollardan 4,3 mrd dollargacha bo'lgan da'volarni hal qilishi kerak bo'ladi. Karantin tadbirlari iyun` oyidan keyin ham uzaytirilsa, to'lovlar miqdori yanada oshadi.

    "Lloyd’s of London” kompaniyasi rahbari Jon Nilning ta'kidlashicha, bu yo'qotishlar sug'urta mukofotlariga salbiy ta'sir ko'rsatib, kelgusida sug'urta narxlarining ko'tarilishiga olib kelishi muqarrar.