«Soʻnggi uch yilda yurtimizda nodavlat taʼlim tashkilotlari soni deyarli olti barobarga koʻpaygan.

2020-yilda Inspeksiya tomonidan jami 1034 ta nodavlat taʼlim tashkilotiga litsenziya berildi. Agar 2019-yilda yurtimizda 2509 ta nodavlat taʼlim tashkiloti faoliyati koʻrsatgan boʻlsa, bugungi kunda ularning soni 3377 tani tashkil etmoqda.

Jumladan, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1214 tadan 1688 taga, xususiy maktablar soni 117 tadan 171 taga, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari 485 tadan 605 taga, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlari 691 tadan 906 taga, hamda xususiy oliy taʼlim muassasalari soni 2 tadan 8 tagacha oshdi».