Ushbu davlat tashkilotlarining rahbar va oʻrinbosarlari oʻzlariga biriktirilgan umumtaʼlim maktablariga 2020-yil davomida tashrif buyurib, xalq taʼlimi sohasining chinakam hamkorlariga aylandi.
Jumladan, Milliy olimpiya qoʻmitasi yordamida Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda Innovatsion texnologiya xonasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Yunusobod tumani 250-sonli maktabda SMART xonalari tashkil etilgan boʻlsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yunusobod tumani 302-sonli hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan 58-sonli maktabda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, Uchtepa tumani 74-son maktabi (“Oʻzdonmahsulot” AJ)ning taʼmirtalab pol qismlari zamonaviy taʼmirlandi. Chilonzor tumanidagi 173-son umumtaʼlim maktabining 4 ta sinf xonasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yordami bilan mukammal taʼmirlandi, oʻquvchilar uchun sport maydonchasiga uskunlar oʻrnatildi hamda keng koʻlamdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, Shayxontohur tumanidagi 132-, 136-, 141- va 180A-sonli maktablarda “Oʻzbekneftegaz” AJ rahbar va oʻrinbosarlari tomonidan koʻplab badiiy adabiyotlar, zamonaviy kompyuter texnikalari (printer, elektron doska, rangli nusxa koʻchirish uskunasi va boshqalar) sovgʻa qilindi. Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan Sergeli tumanidagi 269- va 277-son umumtaʼlim maktablari uchun antiseptik vositalari (dozator, pirometr, tibbiy niqoblar va boshqalar) yetkazib berildi. Shuningdek, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi otaliqqa olgan maktablari (Yunusobod tumani 12-, 21- va 43-sonli umumtaʼlim maktablari)ga kuzatuv kameralari va yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari yetkazib berdi.
Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Uchtepa tumanidagi 123-, 129-, 197- va 203-sonli umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchilar nufuzini oshirishga, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishga qaratilgan davra suhbatlari oʻtkazildi. Shuningdek, xorijiy tillarda chop etilgan qimmatbaho badiiy adabiyotlar, kompyuter jamlanmalari, antiseptik vositalar va oʻquv qurollari sovgʻa qilindi.
Xalq taʼlimi vazirligi umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari jamoasi hamda oʻquvchilar va ularning ota-onalari nomidan 2020-yilda xalq taʼlimi sohasini qoʻllab-quvvatlagani uchun vazirlik va idoralarga samimiy minnatdorchilik izhor qiladi!
2021-yil — Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida ham xalq taʼlimi sohasini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi va hamkorlik qiluvchi vazirlik va idoralar safi yana-da kengayishiga ishonamiz.