2020-yilda nechta mahalla ixtisoslashtirildi?

    “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashtirilgan mahallalar soni ortmoqda

    Bugungi kunda respublikamizdagi ko'plab mahallalar “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida meva-sabzavot etishtirish, issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik kabi yo'nalishlarga ixtisoslashtirilmoqda.

    Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 2020 yilning o'zida yurtimizdagi:

    1 254 ta mahalla sabzavotchilikka, 359 ta mahalla kartoshkachilikka, 86 ta mahalla polizchilikka, 746 ta mahalla meva-bog'dorchilikka, 132 ta mahalla limonchilikka, 443 ta mahalla chorvachilikka, 134 ta parrandachilikka, 44 ta mahalla asalarichilikka hamda 4 ta mahalla quyonchilikka ixtisoslashtirildi.