«2019 yilda jami aniqlangan kamchiliklar 55 mlrd so'm bo'lgan bo'lsa, 2020 yil yakuni bilan jami aniqlangan kamchiliklar, moliyaviy qonunbuzarliklar — 200 mlrd so'mdan oshdi.
2020 yilning o'zida 6 110 ta holatda 70 mlrd so'mdan ziyod o'g'rilik aniqlandi. Yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanganidan so'ng, 520 ta holat bo'yicha 150 mlrd so'mdan ziyod materiallarni huquq-tartibot organlariga ham taqdim etganmiz.
Tizimda kamchiliklar hali ham bor. Biz o'g'rilikni kamaytiramiz deganimiz — statistikani kamaytiramiz degani bilan bir xil emas. O'g'rilikni kamaytiramiz deb kirishdikmi, statistika o'z-o'zidan oshib boradi».