2020-yilning dastlabki besh oyida oʻtgan yilga nisbatan jinoyatchilik ortgan

    Salomatlik 30 Iyun 2020 897

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumotiga koʻra, 2020-yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5100 taga (41,9 foizga) koʻp demakdir.

    Infografika: “Yuksalish” umummilliy harakati

    Shu jumladan, bezorilik holatlari soni 2,5 barobarga (2019-yilda 153 ta, 2020-yilda 385 ta), firibgarlik (2019-yilda 1 324 ta, 2020-yilda 2 712 ta), poraxoʻrlik bilan bogʻliq jinoyatlar 2 barobarga oshgan. Bosqinchilik va oʻgʻirlik jinoyatlari ham koʻpaygan.

    Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri, Fargʻona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlariga toʻgʻri keladi. Masalan, joriy yilning oʻtgan 5 oyida Fargʻona viloyatida 2 575 ta jinoyat qayd etildi. Bu esa oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar koʻp demakdir. Ushbu hududda hisobot davrida oʻgʻirlik va talonchilik 2,5 barobarga oshgan.