2020/2021 ўқув йили учун қўшимча грантларга тавсияномалар кимларга берилади?

    Ta'lim 24 Iyun 2020 22676

    Бу ҳақда АОКА ҳузуридаги штабда бўлиб ўтган брифингда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги бошқарма бошлиғи Мирзажонова Дилшода маълум қилди.

    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga muvofiq, tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi.

    • kam taʼminlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
    • toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
    • 14 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayol (erkak)larning qizlari;
    • shaxsiy uy-joyga ega boʻlmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
    • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz boʻlgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida hisobda turganlar;
    • nogironligi boʻlgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
    • oliy maʼlumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning oʻrtacha koʻrsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past boʻlgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni oʻz hududida 3 yil ishlash sharti bilan).