«Bugungi kunda tizimda 401 ta sud faoliyat yuritib kelmoqda. Shtat jadvali boʻyicha sudyalar soni 1 331 nafarni tashkil qilib, amalda ishlab turgan sudyalar soni 1 244 nafarni (93 %) tashkil qiladi. Vakant oʻrinlar — 91 ta.
Sudyaning oʻrtacha oylik ish xajmi tuman (shahar) miqyosida jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda — 136 ta, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda — 141 ta, iqtisodiy sudlarda — 85 ta, maʼmuriy sudlarda — 30 ta ishni tashkil qilgan.
Shuningdek, bu koʻrsatkich viloyat miqyosida jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida — 13 ta, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida — 10 ta, iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida — 8 ta, maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida — 5 ta ishni tashkil etgan.
2021-yil 1-choragi davomida 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatilgan».