Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xoʻjaliklarining ulushi 88,9 foiz (oʻsish 103,1%), fermer xoʻjaliklari 7,1 foiz (103,6%) hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 4,0 foiz (103,3%) ulushga ega.

Shu bilan birga, yalpi qishloq xoʻjaligi tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 5,9 foizni, chorvachilik mahsulotlari 88,0 foizni hamda ovchilik xizmati, oʻrmon va baliq xoʻjaligi 6,1 foizni tashkil etgan.

Hisobot davrida dehqonchilik mahsulotlaridan 65,7 ming tonna sabzavot (oʻsish surʼati 101,7%) yetishtirildi. Shuningdek, chorvachilik mahsulotlaridan 493,2 ming tonna goʻsht (103,5%), 1823,3 ming tonna sut (102,6%), 1374,4 mln.dona tuxum (100,2%), 404,6 ming dona qorakoʻl terisi (101,0%) ishlab chiqarildi.

Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmida Samarqand va Toshkent viloyatlarining ulushi yuqori boʻlib, respublika koʻrsatkichidagi xissasi 13,0 foizni, Buxoro, Fargʻona, Xorazm, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari 8,0-8,9 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, Namangan (6,4%), Navoiy (5,3%), Sirdaryo (3,1%) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasining (3,2%) ulushi boshqa hududlarga nisbatan past ulushga ega.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati