2021-yil 1-fevraldan kimlarning pensiyalari oshirildi?

    Ijtimoiy hayot 15 Yanvar 2021 33506

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga koʻra, 2021-yil 1-fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

    Qarorga asosan 2021-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

    • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 soʻm;
    • bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 soʻm;
    • Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa - 434 000 soʻm;
    • Kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam - 326 000 dan 653 000 soʻmgacha
    • 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa
      • bitta bolali oilalarga – 144 100 soʻm
      • ikkita bolali oilalarga – 238 700 soʻm
      • uchta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 soʻm
    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 000 dan 1 085 000 soʻmgacha oshirilishi belgilandi.

    Bundan tashqari joriy yilning 1-fevralidan faxriy unvoniga ega pensionerlar uchun toʻlov miqdori Qarorga asosan 1.1 barobarga oshirildi.

    Maʼlumot uchun:

    Ushbu qaror 2021-yil 1-fevraldan ish haqi 10 foizga oshirilishi haqida:

    Bu Prezidentning “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida koʻzda tutilgan.Ushbu qarorda, avvalo, 2021-yilgi davlat byudjetini ijroga qaratish bilan bogʻliq.

    Mavjud anʼanaga koʻra, hali pensiya va nafaqa miqdorini oshirish boʻyicha davlat rahbarining alohida farmon yoki qarori chiqishi lozim.

    “Nega pensiyalar oshirilmayapti?” degan savollarga keladigan boʻlsak, pensiyalar koronakrizis paytida, aniqrogʻi 2020-yilning 1-sentyabridan oshirilgan edi. U paytda byudjet xodimlari oyliklari oshishi muzlatib qoʻyilgan edi.