— Prezidentimiz “Bu yerga kelishimdan asosiy maqsad – sizlar bilan birga hudud rivojiga kuchli turtki berish boʻyicha aniq vazifa va chora-tadbirlarni belgilab olish. Qashqadaryo oʻzining salohiyatiga mos yashamayapti, mamlakatimizning koʻpgina hududlaridan ancha orqada”, deya taʼkidlaganlari bejiz emas, — dedi yigʻilishga rahbarlik qilgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev. — Maktablar yana-da zamonaviylashadi va 2021-yilda birorta paxsa devorli taʼlim muassasalari qolmaydi. Kerak boʻlsa, filial maktablar ham alohida ajralib chiqadi.

Yigʻilish yakunida har bir sohani nazorat qilish boʻyicha ishchi guruhlar tuzilib, ular orqali mablagʻlarni maqsadli va eng qoloq nuqtalarga yoʻnaltirishga kelishib olindi.