2021-yilning yanvar - sentyabr oylarida respublikamizda jami 70 275 tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 12,2 foizga oshgan.
Ovlangan baliqning yuqori hajmlari 37 693 tonna yoki umumiy hajmidan 53,6 foizi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda qayd etildi, aksincha kam hajm 4 861 tonna (6,9 foiz) dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida kuzatildi.
Joriy davrda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan fermer xoʻjaliklarida 16,3 foizga va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa 11,5 foizga oʻsish qayd etildi, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida aksincha 2,8 foizga kamayish kuzatildi, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.