Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,1 mln soʻmni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91% jismoniy shaxslar, 9% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Oʻtgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 37% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 % – ikkinchi, 13% – uchinchi, 9% – toʻrtinchi, 9% – beshinchi va 10% – oltinchi toifa avtoraqamlarga toʻgʻri kelgan.

Hududlar kesimida eng koʻp avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48%) Samarqand va Fargʻona (8% dan), Namangan va Andijon (6% dan), hamda Buxoro (5%) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablagʻlarning 80 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.