2021-yilda gazobeton ishlab chiqarish boʻyicha 24 ta loyiha amalga oshiriladi

    Sanoat 24 Mart 2021 1722

    “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori D. Sattarov aytishicha, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash maqsadida hududlarda joriy yilda 24 ta gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

    Yangi loyiha tashabbuskorlari zaruriy standartlar bilan taʼminlandi, mahsulotni sifati va raqobatbardoshliligini taʼminlash yuzasidan tushunchalar berildi.

    Hozirgi kunda 10 ta korxona faoliyat yuritmoqda hamda yillik ishlab chiqarish quvvati 1 327 000 m3 ni tashkil qilmoqda.

    Yangi loyihalarni ishga tushishi yiliga qoʻshimcha 2 000 000 m3 gazobeton ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.