Unga koʻra:
- Prezidentning 2020-yil 6-martdagi “Gʻalla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, davlat tomonidan gʻallaga xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
- boshoqli don ekinlari boʻyicha davlat xaridi toʻliq bekor qilinadi;
- ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʻminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi donning fʻyuchers, forqard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilish belgilandi.
Qaror bilan, shuningdek:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil hosili uchun prognoz koʻrsatkichlari;
- superelita urugʻlik don etishtirish xajmlarining prognoz koʻrsatkichlari;
- boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash xajmlarining prognoz koʻrsatkichlari;
- don va don mahsulotlari narxlari barqarorligini taʻminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan tovar don xajmlari kabilar belgilandi.
SHu bilan birgalikda,
2021-yil hosili uchun ekiladigan kuzgi boshoqli don ekinlarining urugʻlarini etarli miqdorda nav va avlodlar boʻyicha tozalash, saralash, dorilash, qoplash hamda sertifikatlash ishlarini shu yilning 25-sentyabriga qadar yakunlash belgilandi.