2021-yilning 1-choragida sogʻib olingan sut hajmi qancha?

    2021-yilning 1-choragi davomida respublikamizda 1,8 million tonna sut sogʻib olingan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-choragi davomida respublikamizda 1,8 million tonna sut sogʻib olingan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻsish surʼati 102,6 foizga teng.

    2021-yilning yanvar-mart holatiga jami sogʻib olingan sut hajmining 4,0 foiz fermer xoʻjaliklari, 95,1 foiz dehqon xoʻjaliklari va 0,9 foiz qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.

    Hududlar kesimida yetishtirilgan sut hajmi:

    Samarqand – 273,2 ming tona;

    Xorazm – 207,0 ming tonna;

    Fargʻona – 203,6 ming tonna;

    Buxoro – 192,8 ming tonna;

    Toshkent – 157,4 ming tonna;

    Qashqadaryo – 140,1 ming tonna;

    Surxondaryo – 137,3 ming tonna;

    Jizzax – 114,8 ming tonna;

    Namangan – 111,6 ming tonna;

    Andijon – 103,1 ming tonna;

    Navoiy – 79,8 ming tonna;

    Sirdaryo – 51,7 ming tonna;

    Qoraqalpogʻiston R. – 50,9 ming tonna.