Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar - iyun oylarida 45 497 tonna uzum yetishtirilgan.

Uzum yetishtirish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda oʻsish surʼati 105,1 foizni tashkil qildi.

Uzum yetishtirishning yuqori hajmlari 24 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 52,7 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.

Uzum yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulushga ega boʻlgan hududlar:

Surxondaryo viloyati – 30,1 foiz;

Qashqadaryo viloyati – 13,9 foiz;

Namangan viloyati – 11,8 foiz;

Buxoro viloyati – 11,4 foiz.