2021-yilning oʻtgan davrida oʻrmon fondiga 600 million soʻmdan oshiq zarar keltirilgan

    Yashil sayyora 9 Aprel 2021 893

    2021-yilning oʻtgan davrida respublika oʻrmon xoʻjaliklarida jami 181 ta qonunbuzarlik aniqlanib, ushbu qonunbuzarlik oqibatiga oʻrmon fondiga 600 mln. soʻmdan oshiq zarar keltirilgan.

    Yaʻni: 119 ta – daraxt kesish, 50 ta holatda – mol boqish, 3 ta holatda – ov qilish va boshqa holatlar. Bu haqda AOKAda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ishtirokida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʻlum qilindi.

    Oʻrmon fondi maydonlarida aniqlangan oʻrmon qonunbuzarliklarini onlayn tarzda rasmiylashtirish dasturi ishlab chiqilib 2020-yilning dekabr oyida test rejimida Sirdaryo viloyatida ishga tushirildi.

    Dastur joriy etilgandan soʻng maʻmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish va unga tegishli boʻlgan rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan hujjatlar uchun sarflanadigan vaqtning 30 foizga qisqarishiga erishilmoqda.

    Dasturni kunlik takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni doimiy ravishda tezkorlik bilan bartaraf etish ishlari olib borilib, aprel oyidan respublika oʻrmon xoʻjaligi tizimiga joriy etilmoqda.