Ushbu Qonunda avtomobilni sotib olganlik uchun yigʻim nazarda tutilmagan. Demak, ushbu yigʻim 1-yanvardan toʻliq bekor qilindi.
Bungacha amalda boʻlgan tartibga koʻra, avtosalondan yangi mashina sotib olganda shartnoma narxining 3%i miqdorida yigʻim toʻlanardi (masalan, 100 mln soʻmlik mashina uchun 3 mln soʻm, 300 mln soʻmlik boʻlsa 9 mln soʻm).
Agar ikkilamchi bozordan mashina sotib olinganda ishlab chiqilgan yiliga qarab har bir ot kuchi uchun 29 ming 700 soʻmgacha yigʻim olinardi. Masalan, ishlab chiqarilganiga 3 yil toʻlmagan 100 ot kuchiga teng mashinani sotib olganlik uchun deyarli 3 mln soʻm yigʻim toʻlanardi.
Endi shu yigʻimlar 1-yanvardan toʻliq bekor qilindi.
Agar kimdir mashina sotib olganu, lekin oʻz nomiga rasmiylashtirishdagi katta xarajatdan qochib, “generalnaya doverennost” olib haydab yurgan boʻlsa, unda endilikda mashinalarini oʻz nomlariga oʻtkazib olishlari mumkin. Toʻgʻri, hozir notariusda toʻlanadigan davlat bojining yuqori stavkalari oʻz kuchida turibdi, ammo tez orada davlat bojlari ham kamaytirilishi kutilmoqda. Yanada aniqroq aytganda mashinaning ot kuchi va yilidan qatʼi nazar bazaviy stavkaning 3 barobari (810 ming soʻm) etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.
Quyidagi rasmda davlat bojining amaldagi stavkalari keltirilgan. Agar bu narxlar sizga maʼqul kelsa, unda tezda mashinangizni oʻz nomingizga oʻtkazib oling. Yoki bojlar ham kamaytirilishini kutib tursangiz boʻladi.