Toshkent viloyatida 2022-yil hosili uchun 103 ming 845 gektar sugʻoriladigan maydonga gʻalla ekish rejalashtirilgan.
Ushbu gʻalla ekiladigan maydonlarni yuqori sifatli urugʻliklar bilan taʼminlash maqsadida viloyat boʻyicha mavjud 3 ta don korxonalari tomonidan 30 ming 215 tonna, “Nurli Diyor” MCHJ tomonidan 1 ming 500 tonna, “Agrover” MCHJ tomonidan 35 tonna sara urugʻlik don qabul qilingan.
Viloyat boʻyicha jamgʻarilgan boshoqli don urugʻliklari don korxonalari tasarrufidagi 7 ta urugʻlik don tayyorlash sexlari tomonidan tozalanib, saralanib, dorilanadi va qadoqlanadi.
Ayni kunlarda dalalarga gʻalla ekish jarayonlari peshma pesh olib borilyapti, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.