2022 yilda 1 AQSh dollarining o'rtacha yillik summasi qanchaga chiqishi prognoz qilindi

    Moliya 12 Noyabr 2021 4158

    Hisob palatasining 2022 yil uchun davlat byudjeti yuzasidan xulosasiga ko'ra, 1 AQSh dollarining o'rtacha yillik summasi – 11 321 so'mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

    Prognozlarda valyuta kursidagi (1 AQSh dollarining o'rtacha yillik summasi – 11 321 so'm), strategik mahsulotlarning narxlari (1 troya untsiya oltin narxi - 1 700 AQSh dollar, kumushning narxi - 25 AQSh dollar, misning 1 tonnasiga 8 500 AQSH dollar, 1000 m 3 tabiiy gazning eksport narxi – 100 AQSH dollar) kutilayotgan o'zgarishlar inobatga olingan.

    Shuningdek, 2022 yilda import hajmining, ayniqsa aktsiz solig'ining bekor qilinishi natijasida xalq iste'mol tovarlari import hajmini kichik darajada oshishi, daromadlarning salmoqli qismini tashkil qiluvchi asosiy mahsulotlar va aktsiz solig'iga tortiladigan tovarlarning ishlab chiqarish hajmlarining oshishi, ish haqi miqdorlarining yalpi ichki mahsuloti nominal 32 o'sishiga mos ravishda o'sishi hamda tabiiy gaz eksportining oshishi va eksport narxlarining saqlanib qolishi kabi ko'rsatkichlar inobatga olingan.