2022-yilda 11,7 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilgan

    Adliya vazirining aytishicha, yurtimizda o'tgan yili 25 ta yangi davlat xizmatlari joriy etildi.

    Adliya vazirligi o'zining bir yillik faoliyati haqidagi hisobotini jamoatchilik va OAV e'tiboriga havola etdi, deb yozmoqda vazirlik matbuot xizmati o'z xabarida.

    Hisobot tadbirida adliya vaziri Akbar Toshqulov vazirlik faoliyati bo'yicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, norma ijodkorligi sohasidagi muammolar va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi.

    Xususan:

    ➖Adliya vazirligi tashabbusi bilan 56 ta qonun, 54 ta Prezident hujjatlari, 66 ta Hukumat hujjatlari, 37 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi;

    ➖Kelib tushgan jami 142,7 mingta murojaatlarning 123,1 mingtasi, ya'ni 86,2 foizi qonuniy hal etildi;

    ➖2022-yilda 11,7 mln dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi. Bu 2021-yilga nisbatan 2,3 mlnga ko'p;

    ➖Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko'rsatish 21 foizdan oshdi. 25 ta yangi davlat xizmatlari joriy etildi;

    ➖I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari uchun 50 foiz miqdorida chegirma qo'llanilishi yo'lga qo'yildi;

    ➖Mobil-ID tizimi joriy etildi, 488 087 nafar fuqarolarga ushbu tizim orqali xizmatlar ko'rsatildi.