Hozirgi kunga qadar Madaniy meros agentligi tomonidan Oʻzbekistonga oid, xorijda saqlanayotgan 9 mingdan ortiq madaniy boyliklar aniqlandi.

Ulardan 2341 tasi arxeologiya va etnografiyaga oid ashyolar, 3969 ta qoʻlyozma, 969 ta turli davrlarga oid mumizmatik ashyolar yaʼni tangalar, 986 ta tekstil mahsulotlari, 487 ta musiqiy meros, 208 ta miniatyura asarlari hisoblanadi.

1001 ta qoʻlyozma asarning ilmiy tavsifini oʻz ichiga olgan “Oʻzbekistonga oid xorijdagi qoʻlyozma asarlar reyestri” nomli ilmiy tadqiqotning 1-tomi oʻzbek, ingliz va rus tillarida nashr etildi.

Shu kunga qadar mazkur Reyestrning 2- va 3-tomlari ham nashrga tayyorlandi. Ularga jami 2200 ga yaqin qoʻlyozmaga oid maʼlumot jamlangan.