2022-yilda Buxoro shahrida Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali oʻtkaziladi

    Madaniyat 1 May 2021 2797

    “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-5098, 29.04.2021-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, 2022-yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali oʻtkaziladi.

    Festival 2022-yil 21–25-may kunlari va uning doirasida “Anʼanaviy zardoʻzlik va zargarlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.

    Shuningdek, Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmogʻi vakillari, xorijiy investorlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda “Uzbek Jewellery Fair” zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladi.