2022-yilda O‘zbekiston MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmini 30 foizga oshirdi

    Xalqaro hamkorlik 4 Yanvar 2023 1421

    Ayni paytda O‘zbekiston MDH doirasidagi sheriklar bilan hamkorlikni uch yo‘nalishda — siyosat va xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar sohalarda rivojlantiryapti.

    Bunda ustuvor vazifalar etib to‘liq erkin savdo zonasini shakllantirish va MDH makonida transportning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash kabi tadbirlar belgilandi.

    Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, oziq-ovqat, energetika va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirishda sa’y-harakatlarni birlashtirishga katta e'tibor qaratilyapti.

    So‘nggi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirdi, 40 dan ortiq ko‘p tomonlama shartnomalar imzoladi, shuningdek, MDHning 23 ta tarmoq organlariga a’zo bo‘ldi.

    2022-yilda O‘zbekistonning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi, 1 000 dan ortiq qo‘shma korxona tashkil etildi, deb xabar beradi Mustaqil davlat lar hamdo‘stiligi Ijroiya qo‘mitasi.