Adliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagi bilan solishtirilganda 11 ming 256 taga kam.
Jumladan, er va xotin 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida 251 ming 340 ta, 50 yoshdan oshganlar o‘rtasida 10 ming 550 ta nikoh tuzildi.
Hududlar kesimida 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi nikohning eng yuqori ko‘rsatkichi Samarqand viloyatida qayd etildi. 50 yoshdan oshganlar o‘rtasidagi eng ko‘p nikoh esa Toshkent shahrida tuzilgan.