Bu haqida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” Farmoni loyihasining 6-bandida maʼlumot berildi.

Loyihaga koʻra 2022-yilda iqtidorli oʻqituvchilarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha oshirish rejalashtirilgan:

Oliy toifali oʻqituvchilar uchun – kamida 15 foizga;

Birinchi toifali oʻqituvchilar uchun – kamida 10 foizga;

Ikkinchi toifali oʻqituvchilar uchun – kamida 5 foizga.

Shuningdek, loyihada 2022-yil 1-iyulga qadar xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda oʻqituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibining tubdan qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash hamda malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimini joriy etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish taklif etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi berilgan.

Loyiha muhokamasida ishtirok etish: http://2022-2026.strategy.uz/f...!