2022/2023-oʻquv yili uchun magistratura qishki qabuli boshlandi

    Oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim.

    Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

    Tanlov natijalari bakalavriat diplomining oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

    Maʼlumot uchun, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-oʻquv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

    Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.