Uchrashuv davomida mazkur oliy taʼlim muassasasining Jizzax viloyatida filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha toʻrt tomonlama kelishuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan memorandumga koʻra:

Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali 2022/2023 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi;

Filialda eng kamida 40 foiz professor-oʻqituvchi Qozon federal universiteti hisobidan taʼminlanadi;

Jizzax viloyati hokimligi tomonidan professor-oʻqituvchilar va talabalar turar-joy bilan taʼminlanadi;

kadrlar tayyorlash Qozon federal universiteti taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi, deya xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati