SHHTga aʼzo davlatlar turizm maʼmuriyatlari rahbarlari ushbu dasturni bir ovozdan maʼqulladilar.
Taʼkidlash lozimki, turizm yili dasturi 2023-yilda SHHT davlatlarida oʻtkaziladigan turli turistik, madaniy, gastronomik va boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Uchrashuvda birinchi navbatda, dunyo aholisining qariyb yarmini birlashtirgan SHHTning ichki turizm salohiyatini ochishga qaratilgan ushbu tadbirlarda turizm sohasining oʻzaro ishtirokini qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 17–18-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi Hindistonning Varanasi shahrida boʻlib oʻtgan SHHTga aʼzo davlatlar turizm maʼmuriyatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.