2023 yilda O‘zbekiston “MHT – 2008” xalqaro standarti talablariga o‘tdi

    Kapital bilan operatsiyalar hisobi “Asosiy fondlar tasniflagichi”ni joriy qilish orqali takomillashtirildi. Aktivlarning turlari bo‘yicha tasniflash yo‘lga qo‘yildi.

    O‘zbekistonda “MHT – 2008” xalqaro standarti talablari asosida yalpi ichki mahsulot (YAIM) hisob-kitoblarini davlat moliyasi statistikasi va to‘lov balansi ma’lumotlariga muvofiq ravishda amalga oshirish va Statistika agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish yo‘lga qo‘yildi.

    YAIMni diskret choraklar asosida hisoblash tajribasini joriy etish orqali choraklik milliy hisoblar takomillashtirildi.
    Korxonalar xarajatlari tarkibini kuzatish natijalari asosida xarajatlar ishlab chiqarish koeffisiyentlarini yangilash yo‘li bilan “Resurslar va ishlatilish” jadvallarini tuzish tajribasi takomillashtirildi.

    Statistik ko‘rsatkichlar hisob-kitoblariga xalqaro tasniflagichlar joriy etildi. YAIMni yakuniy iste’mol usulida hisoblashda davlat boshqaruvi organlarining yakuniy iste’mol xarajatlari “Davlat boshqaruvi organlari funksiyalarining tasnifi” bo‘yicha shakllantirildi.

    Yakuniy iste’mol usulida hisoblanadigan YAIM tarkibida uy xo‘jaliklarining yakuniy iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi “Maqsadlar bo‘yicha individual iste’mol tasnifi” asosida shakllantirildi.

    Kapital bilan operatsiyalar hisobi “Asosiy fondlar tasniflagichi”ni joriy qilish orqali takomillashtirildi. Aktivlarning turlari bo‘yicha tasniflash yo‘lga qo‘yildi.

    Uy-joy egalari tomonidan o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan yashash xizmatlarini baholash “MHT-2008” xalqaro standarti talablariga moslashtirildi.

    Mazkur jarayonlarning yakuniy bosqichi sifatida moliyaviy vositachilik xizmatlari hisob-kitoblari “MHT-2008” xalqaro uslubiyoti talablariga muvofiqlashtirildi.