2023 yilda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10 milliard dollardan oshishi mumkin

    Biznes 1 Mart 2023 1129

    2022-yilda 9,3 milliard dollarni tashkil etgan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 10 milliard dollardan oshishi mumkin.

    Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi savdo vakili Konstantin Zligostev maʼlum qildi.

    “Ikki davlat yetakchilari tomonidan 10 milliard dollarga yetkazish boʻyicha qoʻyilgan vazifa, ishonchim komilki, bu yil amalga oshiriladi”, – dedi K. Zligostev Toshkentda UzBuild-2023 xalqaro qurilish koʻrgazmasi doirasida Made in Russia ekspozitsiyasining ochilishida.

    Savdo missiyasi rahbari 2022-yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 9,3 milliard dollarga yetganini eslatdi, deb yozadi “Praym” Iqtisodiy axborot agentligi.

    Zlыgostev Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik sohasidagi yana bir muhim vazifa ikki mamlakat kompaniyalarining sof eksport-import operatsiyalaridan haqiqiy sanoat kooperatsiyasiga oʻtishi ekanligini taʼkidladi.

    “Biz savdo aylanmamiz oʻsishi kafolatini aynan mana shunda koʻramiz”, — deya qoʻshimcha qildi diplomat.

    Rossiya Oʻzbekistondagi eng yirik investorlardan biri boʻlib qoladi, Rossiya kompaniyalari ushbu mamlakat iqtisodiyotiga 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan. 2022-yil yakuniga koʻra Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekistonning asosiy tashqi savdo

    hamkorlari roʻyxatida yana birinchi oʻringa qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 2021-yilga nisbatan 23 foizga, yaʼni – 9,28 milliard dollargacha oshgan.

    Bu esa Oʻzbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasining 18,6 foizini tashkil etadi, deb xabar beradi Hamdoʻstlik mamlakatlari ijroiya qoʻmitasi.