Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 8 ta oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sinash labortatoriyalariga qiymati 8 mln yevro boʻlgan 336 ta uskuna oʻrnatildi va 16 ta hududiy laboratoriyalarga 20 ta avtotransport vositalari logistika xizmatlari uchun biriktirildi. Ushbu uskunalar yordamida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha zamonaviy sinovlarni oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, 19 ta sinov laboratoriyalari Rossiya Federasiyasining tegishli mutaxassislari bilan xalqaro solishtiruv sinovlarda ishtirok etib, unga koʻra sinov natijalariga koʻra laboratoriyalar faoliyati ijobiy baholandi.

Muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini kamaytirish, sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari faoliyatini oʻzaro bogʻlashni va toʻliq raqamlashtirishni nazarda tutuvchi maxsus E-laboratory axborot tizimi ishlab chiqilib, tajriba-sinov tariqasida ishga tushirildi.

Mahsulot sinovlarini olib boruvchi xalqaro talablarga muvofiq laboratoriyalarni modernizatsiyalashda xalqaro talablarga toʻliq javob beradigan jami 21,2 mln dollga laboratoriyalar tashkil qilindi.

Toshkent shahri, Andijon, Samarqand, Namangan, Navoiy, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida oziq-ovqat va Andijon, Qashqadaryo viloyatlari, Toshkent shahrida metall mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish laboratoriyalari uchun 15,0 mln dollar, Milliy metrologiya institutining 16 ta etalonlari va 9 ta kalibrlash laboratoriyalari uchun 6,2 mln dollar mablagʻ yoʻnaltirildi.

2021-2022-yillarda 8,7 mln dollarga Namangan viloyatida yengil sanoat, mebel, elektrotexnika, kimyo va polimer, qurilish mahsulotlarini, Toshkent shahrida elektrotexnika va toʻqimachilik mahsulotlarini xalqaro talablar asosida sinov oʻtkazadigan yangi laboratoriyalarni tashkil etish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlarida sinov laboratoriyalarni 1,2 mln dollarga modernizasiya qilish ishlari olib boriladi.

Shu bilan birga, 2022-2024-yillarda 27,5 mln dollarga Milliy metrologiya institutining 66 ta etalonlari va 22 ta kalibrlash laboratoriyalarini tashkil qilish belgilab berilgan.

Metrologik infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha gapiradigan boʻlsak, Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida kalibrlash laboratoriyalari 10 tani tashkil qilib, shundan 3 tasi xalqaro akkreditasiyadan oʻtgan.

Maʼlumot uchun: Sanoat tarmoqlaridagi qiyoslash/kalibrlash laboratoriyalari 61 tani tashkil qiladi. Xalqaro talablarning joriy etilish darajasi 58 % boʻlib, 72 ta oʻlchash vostalari guruhi qamrab olingan. Yil yakuniga qadar qamrab olish darajasi 78 % yetkazilib, 98 ta oʻlchash vositalari guruhi yetkaziladi.

Institutda milliy etalonlar bazasi hozirda 22 tani tashkil etib, 2022-yilda qoʻshimcha 39 ta, 2023-yilda esa qoʻshimcha 32 taga koʻpaytiriladi. Har yili 30 – 40 nafar xodimlar qayta tayyorlanib xalqaro metodlarni oʻzlashtirish kengaytirilmoqda. Ushbu yil yakunida 60 dan ortiq xalqaro metodlar oʻzlashtirildi. Bu ishlar kelgusi yilda 25 taga 2023-yilda esa 32 taga koʻpaytirilishi koʻzda tutilgan.

2023-yilga borib milliy etalonlar soni 94 taga yetkazilib, xalqaro metodlarni oʻzlashtirish natijasida yiliga oʻrtacha 2 million dollor miqdorida mablagʻ iqtisod qilib qolinadi.