YAponiya davlatining da'vogarlar safidan chiqishi Avstraliya va YAngi Zelandiyaning imkoniyatlari oshib ketdi.
Onlayn ovoz berishda ishtirok etgan FIFA ijroiya qo'mitasi a'zolarining 4,1 foiz ovozi Osiyo-Okeaniya mintaqasi vakillarini yoqlab chiqqan bo'lsa, 2023 yilgi ayollar chempionatini Kolumbiya davlatida o'tkazilishini yoqlab 2,8 foizi qullab-quvvatladi.
Bugun e'lon qilingan FIFA hisobotida ta'kidlanishicha, Avstraliya va YAngi Zelandiyada 2023 yilgi jahon chempionatining o'tkazilishi ayollar futbolining yanada rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.
YAkuniy ovozlar bo'yicha e'lon qilingan hisobotga ko'ra, ayollar o'rtasidagi jahon chempionati 2023 yili 10 iyul` – 20 avgust kunlari o'tkaziladi. CHempionatning ochilish marosimi YAngi Zelandiya poytaxti Oklenddagi 50 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadionda, musobaqaning finali esa Avtraliyaning Sidney shahridagi 70 ming tomoshabin joylashadigan o'yingohda o'tkazilishi belgilangan.
Albatta, bu hozircha FIFA hisobotida qayd etilgan natijalar. Ammo, onlayn ovoz berishni bevosita kuzatib borgan har ikki mamlakat davlat rahbarlarining jurnalistlarga bildirishicha, ko'rinishlar o'zgarishi mumkin. Biroq, o'yinlar jozibasiga foyda keltirsa keltiradiki, lekin uning mohiyati asl holicha qolaveradi.
Aytish lozimki, shu paytgacha Osiyo-Okeaniya mintaqasida futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilmagan edi. Bundan avvalgi, ayollar o'rtasidagi 5-Jahon chempionati 2019 yilda Frantsiya davlatida bo'lib o'tgan.
To'lqin RO'ZIEV