2023/2024 o‘quv yilida bakalavriat uchun sinov qaysi fanlardan o‘tkaziladi?

    2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun imtihon fanlari majmuasi tasdiqlandi.

    Taʼkidlanishicha, vazirlik tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.

    2023/2024 o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.